Batafsil
Ushbu kolleksiya ACHAM brendi tashkil topgan ilk davrda yaratilgan bo‘lib, bugungi kungacha ishlab chiqarilmoqda, chunki u xaridorlarimiz orasida eng sevimli va asosiy kolleksiya hisoblanadi (deyarli to‘rt fasl davomida kiyiladi). Ko‘ylak 100% paxtadan tayyorlangan. Yoqa va yenglar qiyshiq lenta bilan ishlov berilgan bo‘lib, uning ostidan yumshoq fransuz to‘rlari ko‘rinib turadi. Orqa yoqa qismidagi iplar dizaynni to'ldirib, ularning uchlari yog‘och munchoqlar bilan yakunlangan.