Batafsil
Yuqori navli uzun tolali paxtadan ishlangan ALBUHU kolleksiyasi - bu sukunat va nafis detallar hikoyasidir. Nozik paxta to‘rlari bilan bezatilgan ikki tomonlama ushbu libos go‘yo fransuz ballaridan tashrif buyurgandek: yengil, nafis va deyarli vaznsiz. Libosning bir tomoni to‘q kulrang (changlangan qora) tusda, ikkinchi tomoni esa iliq terrakota jilosiga ega ko‘hna atirgula rangida. Bu ikki olam kontrasti oqshom sirlari va bahorning so‘nggi iliq nurlari o‘rtasidagi kayfiyatni uyg‘otadi. Print esa xuddi quyoshda oqargan bahor gullarini - nozik va qaytarilmas xotiralarni eslatadi. Bu shunchaki kiyim emas, balki hayotning har bir lahzasidan zavqlanish imkonidir.